Hurmatli MIJOZLAR!

“AVTOHAMKOR 0 FOYIZ” MCHJ bilan shartnoma imzolab, boshlang’ich badalni to’lagan, ammo avtomobili chiqmagan mijozlar. Endi sizda BOSHLANG’ICH BADAL pulini 50% penyasi bilan qaytarib olish imkoniyati mavjud. Imkoniyatdan foydalanish ixtiyoriy.

Mazkur imkoniyatdan foydalanish uchun “AVTOHAMKOR 0 FOYIZ” MCHJ va mijoz o’rtasida qo’shimcha kelishuv bitimi tuziladi.

Penya oldindan hisoblanadi, boshlang’ich badalga qo’shib 12 oyga teng bo’linadi va bir yil davomida oyma-oy mijoz plastik kartasiga tushirib beriladi. Birinchi to’lov bitim imzolangan kundan boshlab 7 (yetti) kun ichida amalga oshiriladi.

Misol uchun: Mijoz Jamiyatga bo’shlang’ich badal uchun 12 mln. so’m to’lagan bo’lsa, mijoz qo’shimcha ravishda 6 mln. so’mga ega bo’ladi. Shunda Jamiyatning mijoz oldidagi umumiy qarzi 18 mln. so’mga teng bo’ladi. Ushbu summa 12 oy davomida oyma-oy to’lab boriladi.

Bitimda dastlabki tuzilgan shartnoma shartlarining Jamiyat tomomnidan bajarilish muddati yangi tuzilgan qo’shimcha kelishuv bitimi tasdiqlangan kundan boshlab 1 (bir) yil muddatga kechiktirish va bu kechiktirilgan muddat uchun Jamiyat to’langan boshlang’ich badalning 50% miqdoridagi penyani qo’shimcha ravishda mijozga to’lab berishi ko’rsatiladi.

Penyalarni to’lash bilan bog’liq harajatlar Jamiyatning ustav kapitalani shaklantirish uchun yo’naltirilgan 1,7 mlrd. so’m mablag’ hisobidan qoplanadi.

Mijozlar bilan imzolangan qo’shimcha kelishuv bitimlarining umumiy summasi Jamiyatning ustav kapitalidagi mavjud summaga tenglashganda bitim imzolash to’xtatiladi.

Imzolangan yangi qo’shimcha kelishuv bitimiga ko’ra beliglangan grafik asosida penyalarni oyma-oy to’lab berilishi kafolatlanadi.

Imkoniyatdan foydalanish uchun Onlayn ariza yuborish zarur.

Eslatma:

Arizani onlayn yuborish uchun:

  1. Namunaviy bitim ni yuklab olasiz;
  2. Mazkur faylning qizil rang bilan ajratilgan ma’lumotlar o’rniga o’z ma’lumotlaringizni kiritasiz;
  3. Tayyor bo’lgan bitimni printerdan chiqarib imzolaysiz va rasmga olib yuborasiz.
  4. Bitimni veb-sayt orqali yuborish mobaynida kiritilayotgan ma’lumotlarni to’g’ri ekanligiga ishonch xosil qilishingiz zarur.

Onlayn ariza yuborilganidan so’ng Jamiyat xodimlari tomonidan tegishli rasmiylashtirish ishlari amalga oshiriladi va 3 ish kuni ichida yangi bitim sizga qayta yuboriladi.